English English English

AXBOROT XATI

  30.08.2024 20:57:27    3


“O'zbekiston taraqqiyotining yangi davrida tarbiya klasterlarini yaratish masalalari” mavzusida respublika miqiyosidagi ilmiy anjuman


AXBOROT XATI


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-martdagi 76-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2024-yilda qo'shimcha o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida 2024-yil 20-sentabr kuni Namangan davlat pedagogika institutida “O'zbekiston taraqqiyotining yangi davrida tarbiya klasterlarini yaratish masalalari” mavzusida respublika miqiyosidagi ilmiy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ilmiy anjumanda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining barcha professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlari hamda talabalari o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

  1. Tarixiy taraqqiyotda inson tarbiyasiga oid masalalar;
  2. Milliy tarbiya klasterlarida estetik ta’limning o’rni;
  3. Globallashuv sharoitida tarbiya klasterlarini yaratishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy yondoshuvlar;
  4. Tarbiya klasterlarini shakllantirishda axloqiy va estetik bilimlarning zaruriyati va vositalari;
  5. Ijtimoiy davlat va inson qadri integratsiyasida estetik tarbiya klasterining asosiy tamoyillari;
  6. O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida tarbiya klasterlarini yaratish istiqbollari: muammo va yechimlar.

 Anjuman uchun maqola va tezislar matnini tayyorlash bo‘yicha talablar:

 – Maqola va tezislar matnni Microsoft Word muharriri, Times New Roman shrifti, 14 o‘lcham, 1,5 interval, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm qoldirilib, rasmiylashtiriladi.

– Sarlavha (maqola yoki tezis nomi)dan keyin muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda keltiriladi, so‘ng 2 interval tashlab asosiy matn va oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. (ilovadagi na’muna asosida)

– Havola (snoska) iqtibosdan so’ng [1. B.56] shaklida qo’yilib, uning manbasi Foydalanilgan adabiyotlar qismida beriladi.

– Maqola mazmuni anjuman mavzusi va yo‘nalishlariga mos bo‘lib, dolzarblik asoslanishi, tahlil, amaliy tavsiyalar berilishi, hajmi A4 formatda 5-7 (kamida 5) sahifadan iborat bo‘lishi kerak.

– Yuboriladigan fayl muallifning familiyasi bilan nomlangan bo‘lishi shart.

– Matnda keltirilgan fikrlar, statistik ma’lumotlar, aks etgan g‘oyalar, shuningdek, matn orfografiyasi uchun mas’uliyat muallif zimmasida qoladi.

– Mualliflar maqola va tezislar bilan birga anjumanda ishtirok etish uchun “Ishtirokchi anketasi” ham tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishi lozim. (ilovadagi na’muna asosida)

  MAQOLA VA TEZISLAR 2024-YILNING 18-SENTABR SANASIGACHA QABUL QILINADI.

Eslatma: Maqola va tezislar anjumanning qaysi yo‘nalishga mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Yuborilgan maqolalar va tezislar to‘plam holida chop etiladi hamda mualliflariga elektron holatda taqdim etiladi.

Anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida bir maqola uchun 75000 so‘m miqdorida mualliflik badali to‘lanadi. Yuboriladigan maqolalarning mualliflik badalini Click, Payme yoki Zoomrad kabi mobil ilovalar orqali 9860190105902091 (Bakhtiyor Ataxanov) humo karta raqamiga yuborishlaringiz mumkin. Buning tasdig‘ini skrinshot qilgan holda maqola muallifi va nomi bilan (+998972551507) https://t.me/@Baxtiyor130987 telegram raqamiga yuborishingiz so‘raladi.

Anjuman maqolalari Google scholar ilmiy bazasida indekslanadi.

 Tashkiliy qo‘mita manzili:

 Namangan viloyati, Namngan shahri, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti

Telefon: +9987 255 15 07

https://t.me/@Baxtiyor130987 Ataxanov Baxtiyor

Ilmiy anjuman tashkiliy qo‘mitasi