"Bayrog'im — faxrim!" deb nomlangan chellenj o'tkazildi.
14.11.2024 09:55:43 4
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori M.Ruzimatova va O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan 1991-yil 18-noyabr — O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligi munosabati bilan "Bayrog'im — faxrim!" deb nomlangan chellenj o'tkazildi.
Ushbu chellenjda nafaqat talabalar balki institutning professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligining ifodalovchi muqaddas belgisidir. Bayrogʻimiz ham oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan.