"Bir haftada bir kitob" loyihasi - Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asari taqdimoti
24.10.2024 08:40:27 4
Namangan davlat pedagogika institutida "Bir haftada bir kitob" loyihasi doirasida Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asari taqdimoti va tahlili o'tkazildi.
O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Shamsiya Egamberdiyeva yozuvchi va ushbu asarning yozilish tarixi haqida so'zlab, o'zbek xalqining yaqin o'tmishi, oddiy mehnatkash xalq hayoti va unda ayollar taqdiri masalalariga e'tibor qaratdi.
Shundan so'ng UZB-BU-24 guruh talabasi Ruxshona Toshmirzayeva asar g'oyasi va mohiyati to'g'risida taqdimot qildi.
Asar muhokamasi talabalarning fikr-mulohazalari bilan boyidi.