DIQQAT TANLOV!
01.04.2024 09:42:21 2
Namangan davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron bilimdonlari” mavzusida “Tafakkur” intellektual tanlovi bo`lib o`tadi.
Tanlovda ishtirokchilar Amir Temur hayoti va faoliyati bo`yicha tuzilgan test savollariga maxsus platformada elektron tarzda javob topish orqali o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishadi.
O`tkazilish vaqti: 3-aprel soat 14:00 da
O`tkazilish joyi: Renessans zali (Yangi rektorat binosi 2-qavat)
Roʻyxatdan oʻtish va tanlov yuzasidan savollar boʻyicha Intellektual loyihalar koordinatori @Murodjon_Nabijonov
telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
G`oliblar diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishadi.