Ichki Akademik Mobillik: NamDPI Talabalarining Chirchiqga Tashrifi
17.10.2024 09:48:01 2
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor ichki akademik mobillik almashinuvi dasturi asosida tashrif buyurgan Namangan davlat pedagogika instituti talaba-magistrlarini qabul qildi.
#prorektor #qabul #akademik_mobillik
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son Qarorining 1-ilovasi asosida 2023-yil 15-dekabrda Namangan davlat pedagogika institutining Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan imzolangan memorandumga muvofiq, fan, ta’lim, madaniyat sohasida amalga oshirilgan islohotlar bilan yaqindan tanishish, ayniqsa, pedagogik taʼlimning innovatsion klasteri tizimi asosida olib borilayotgan ishlar hamda talabalarni ichki akademik mobillik almashinuv dasturlari orqali tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va malakalarini yanada oshirish maqsadida tashrif buyurgan Namangan davlat pedagogika institutining talaba-magistrlaridan iborat 7 nafar aʼzosi bilan suhbat tashkillashtirildi.
Talaba-magistrlar jamoasi universitetimizda 14-19-oktabr kunlari boʻlib turishadi.