Ijtimoiy Fanlar Fakultetida 'Yangi Saylov Tizimining Xususiyatlari' Mavzusida Seminar-Treyning
17.10.2024 11:23:50 10
Namangan davlat pedagogika instituti tyutorlari T.Ismanov, L.Erkinboyeva tashabbusi bilan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchisi H.Raximov tomonidan Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga "Yangi saylov tizimining o'ziga xos xususiyatlari" mavzusida seminar-treyning o'tkazildi.
Treyningda 2024-yil 27-oktabrda o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga doir ma'lumotlar, aralash saylov, yangi saylov tizimining mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berildi. Talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Siz ham saylovda ishtirok eting. Sizning ovozingiz kelajak uchun muhim!