Ilm-fan rivoji uchun muhim uchrashuv
23.10.2024 08:44:05 7
Namangan davlat pedagogika instituti Аniq fanlar kafedrasi professor-oʼqituvchilari hamda talabalari uchun yana bir ilmiy uchrashuv tashkil qilindi.
Yurtimizda mehmon boʼlib turgan Belarus Republikasi FАning fizika-matematika fanlari doktori, akademik, «Belarussiya Fiziklar jamiyati» boshqaruvi raisi Mogilevtsev Dimitriy Sergeevich hamda fizika-matematika fanlari doktori, professor Viblyu Yuriy ishtirokida fundamental va amaliy sohalarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda kvant fizikasi sohasida ulkan yutuqlarga erishayotgan chet ellik olimlarning bugungi kunda olib borayotgan ilmiy izlanishlari, ulardan turli sohalarda samarali foydalanish, mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʼrni haqidagi maʼruzalari tinglandi va oʼzaro fikr almashinildi.