Instituti Kengashining 2024/2025-o'quv yildagi 3-sonli kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi
31.10.2024 08:00:24 3
Namangan davlat pedagogika instituti Kengashining 2024/2025-o'quv yildagi 3-sonli kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi
Dastlab, institut rektori ilmiy darajaga erishgan bir guruh professor-oʻqituvchilarning muvaffaqiyati bilan tabriklab, keyingi ish faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Kengash davomida:
— Institutda o‘quv adabiyotlarini nashr etishning 2024 yilda bajarilishi holati hamda 2025-yil uchun nashr rejasini shakllantirish to‘g‘risida.
— Kafedralarning pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
— Institutning 2024 yil sentyabr-oktyabr oylari davomidagi faoliyati bo‘yicha Milliy reyting indikatorlaridagi ko‘rsatkichlari tahlili to‘g‘risida.
— Institutda “Talabalar xavfsizligi oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida.
— Talabalarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iste’dodlarni saralash va faoliyatini maqsadli takomillashtirish to‘g‘risida.
— 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan magistrlarga magistrlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarini biriktirish to‘g‘risida.
— Murojaatlar va ijro intizomi to‘g‘risida.
Shuningdek, turli masalalar boʻyicha Kengash a'zolarining fikrlari tinglandi.