“Kitob – mening do‘stim” Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichidagi: "Eng bilimdon kitobxon" sharti o‘tkazildi!
24.10.2024 20:51:52 4
Tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Nabijonov, O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Sh.Egamberdiyeva, Axborot resurs markazi xodimlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Ushbu test shaklidagi bahsda talabalarning Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" asari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Ishtirokchilar kitobdagi qiziqarli voqealar, obrazlar va muallifning fikrlari haqida savollarga javob berishdi. Tanlovning maqsadi kitob o‘qish madaniyatini oshirish, talabalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Test natijalari va keyingi bosqich vaqtlari to'g'risida ishtirokchilarga xabar beriladi.