"Kitob mening do‘stim" tanlovining institut bosqichi to'g'risida
05.11.2024 11:47:47 3
Namangan davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida o'tkazilgan “Kitob mening do‘stim” Respublika
ko‘rik-tanlovining institut bosqichi g'oliblari bilan tanishing!
!["Kitob mening do‘stim" tanlovining institut bosqichi to'g'risida](/uploads/77ab1d0d6a2fde46790cecaf9e72d09f.jpg)
Tanlov 2 ta bosqichda 3 ta shart asosida o'tkazildi.
"Eng bilimdon kitobxon" shartida yuqori bal to'plagan talabalar "Annotatsiya mahorati" hamda "Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ'ib etish" shartlarida o'zaro bahslashishdi.
Yakunda g'oliblar quyidagi aniqlandi:
1-o'rin Pedagogika fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Xabibullayeva Madina G‘aybullo qizi
2-o'rin Ijtimoiy fanlar fakulteti, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mahkamov Mahmudjon G‘olibjon o‘g‘li
3-o'rin Pedagogika fakulteti, Maktabgacha ta’lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi Yo‘ldosheva Umida Xusniddin qizi
Hududdiy bosqichda institut sharafini Xabibullayeva Madina G‘aybullo qizi himoya qiladi. Madinaga navbatdagi bosqichda ham omad va zafarlar tilaymiz!
Barcha talabalarimizga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatlarida muvoffaqiyatlar tilaymiz!