"Kitob mening do‘stim" tanlovining institut bosqichi to'g'risida
28.10.2024 08:33:38 3
Namangan davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida “Kitob mening do‘stim” Respublika
ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.
Tanlov 2 ta bosqichda 3 ta shart bo'yicha Chingiz Aytmatovning "Birinchi muallim" asari asosida o'tkazildi.
Bugun "Eng bilimdon kitobxon" shartida yuqori bal to'plagan talabalar "Annotatsiya mahorati" hamda "Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ'ib etish" shartlarida o'zaro bahslashishdi.
Barcha talabalarimizga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
Gʻoliblar hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalari asosida aniqlanib, eʼlon qilinadi.