"Kurashchilarni tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda psixologik metodlar"
27.10.2024 13:13:38 4
Sportchilarning psixofiziologik holatini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, pedagogik va ilmiy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini yuksaltirishda ilmiy anjumanlarning ahamiyati beqiyosdir. Shu ma’noda, 24-25-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi tomonidan "Sportchilarning psixofiziologik holatini o‘rganish muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda Namangan davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri S.V. Azizov boshchiligida 1-bosqich magistranti Abdunazar Xamidjonov "Kurashchilarni tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda psixologik metodlar" mavzusida o‘z ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.