"Logopedik o'yinlar" nomli elektron dastur taqdimoti o'tkazildi.
02.11.2024 10:21:30 6
"Talabalar akademiyasi oyligi" doirasida "Logopedik o'yinlar" nomli elektron dastur taqdimoti o'tkazildi.
Taqdimotda, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i R.Tursunov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Dadaboyev, Akademiya koordinatori M.Adashaliyeva, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Taqdimot davomida "Logopedik o'yinlar" elektron dasturining ishlash funksiyasi, uning asosiy maqsadi, sohadagi kamchiliklar hamda dastur asosida yaratilgan uslubiy-qo'llanma haqida batafsil ma'lumotlar berilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
____
Talabalar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!