Magistrlar Himoyasi: O‘zbek va Xorijiy Tillarda Tajriba va Taqdimotlar
26.07.2024 11:53:15 2
Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi, Gumanitar kafedrasi 1-bosqich magistrlarining malakaviy amaliyot bo‘yicha himoyalari bo'lib o'tdi.
Himoyada Magistratura bo'limi boshlig'i A.Turg‘unboyeva, kafedra mudirlari S.Botirova va R.Tillayeva hamda o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professori M.Sobirova so‘zga chiqib, magistrlar hisoboti eshitildi.
Magistratura talabalari taqdimotida
amaliyot davomidagi o'quv jarayonlari, o'quv-meyoriy hujjatlar bilan tanishib borganliklari, magistrlik dissertatsiyasi bo'yicha tajriba-sinovlar, dars o'tish texnologiyalari, HEMIS tizimi kabi jarayonlar bo'yicha egallagan ko'nikma va malakalarini hisobotlarida aks ettirdilar.
Shuningdek, talabalar bilan hamkorlikda tashkillangan ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari haqida ham to'xtalib o'tildi.