Magistrlar tomonidan ochiq dars mashg'ulotlari tashkil etilmoqda
24.09.2024 13:52:47 3
Namangan davlat pedagogika institutining O'zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti Xolida Habibullayeva tomonidan Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-bosqich sirtqi ta'lim talabalari uchun Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi fanidan "Morfemika. Morfema va uning turlari. O'zbek tilida so'z yasalishi" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.
Ochiq dars mashg'uloti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)R.Tillayeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.Ubaydullayev, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent E.Abdulvohidov hamda Magistratura bo'limi mutaxassisi A.Abdurasulovlar tomonidan tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.
Dars davomida sirtqi ta'lim talabalariga tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, morfologiya, morfemika bo'limlarining o'zaro bog'liqligi, morfema va ularning turlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Ko'makchi morfemalarning so'z yasalishidagi ahamiyati borasida atroflicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, dars mashg'ulotida bir qator pedagogik texnologiyalar qo'llash orqali talabalarning bilimlari sinovdan o'tkazildi.