"Men ham ovoz beraman" nomli rasmlar tanlovi o`tkazildi.
18.10.2024 16:00:01 2
Tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad talabalarga saylov haqida ma`lumot berish va huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat.
Xabaringiz bor joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov bo`lib o`tadi. Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori H.Nizomjonova tashabbusi bilan tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida "Men ham ovoz beraman" nomli rasmlar tanlovi o`tkazildi.