English English English

“Mening birinchi maqolam” tanlovi e'lon qilinmoqda.

  23.03.2024 09:40:08    2


Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan talabalarni ilmiy-ijodiy ishlar, tadqiqotchilik faoliyatiga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyati va ilmiy ijodkorligini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Mening birinchi maqolam” tanlovi e'lon qilinmoqda.


“Mening birinchi maqolam” tanlovi e'lon qilinmoqda.


🗓 Tanlovda ta'lim shakli va bosqichidan qat'iy nazar institutning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning mart oyi birinchiligi 29-mart kuni soat 15:00 da o'tkaziladi hamda g'oliblar hamda faol ishtirokchilar rag'batlantirib boriladi.

📄 Tanlov nizomi bilan tanishish

📥 Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar 28-mart kuni soat 20:00 ga qadar @Doniyorbek_Maxkamov telegram manziliga murojaat qilishlari hamda maqola va taqdimotlarini yuborishlari lozim.