Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun spektakl namoyish etildi
24.10.2024 20:46:01 3
Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda teatr sanʼatining oʻrni va ahamiyati yuqori hisoblanadi.
Bugun Namangan shahrida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun
Shuhrat Rizayev asari asosida rejissyor Elmurod Yoʻlchiboyev tomonidan sahnalashtirilgan "Ona" spektakli namoyish etildi.