Namangan davlat pedagogika institutida Ochiq dars mashg'ulotlari davom etmoqda
13.05.2024 14:36:41 3
Bugun Namangan davlat pedagogika institutining Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Nodiraxon Maxmudova tomonidan sirtqi ta'lim shaklining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan birgalikda ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.
Ochiq dars mashg'ulotlarida talaba-yoshlar Mutaxassislikka kirish fanidan "Ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang'ich ta'limda ona tilini o'rgatishning mazmuni va vazifalari" mavzusidagi ochiq dars mashg'uloti davomida o'z kompetensiyalarini namoyish etishdi.
Ushbu mashg'ulotlarda, fakultetning professor-o'qituvchilari hamda magistrlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.