Namangan viloyati oliy oʻquv yurtlari yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
07.11.2024 16:39:03 138
Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mas’ul xodimi Asilbek Murtazayev hamda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi Bilolxon Umarov ishtirok etdi.

Uchrashuvda talabalar fan-texnika, ilmiy-madaniy, iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi startap loyihalarini, biznes rejalari, ilm-fan rivoji uchun muhim g'oyalarini, shuningdek, sohaga doir kamchilik, muammolari va takliflarini aytishdi.
Asilbek Murtazayev tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, tizimda olib borilishi kerak boʻlgan muhim masalalar xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, talabalar tomonidan kiritilgan yangi loyihalar, rejalarni amalga oshirishda masʼul xodimlarga qator topshiriqlar berib oʻtdi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar hayotida muhim qadam boʻldi.