NamDPI vakillari "Qirg'iz-Turkish Manas" universitetida ilmiy-pedagogik safarda bo'lib turishibdi
12.11.2024 14:17:11 3
Ayni kunlarda Namangan davlat pedagogika instituti vakillari Times Higher Education reytingi Top-1000 talikda 856-o'rinni egallagan Qirg'iziston Respublikasining Bishkek shahridagi "Qirg'iz-Turkish Manas" universitetida ilmiy-pedagogik safarda bo'lib turishibdi.
Safarning birinchi kunida Namangan davlat pedagogika instituti va "Qirg'iz-Turkish Manas" universiteti o'rtasida professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, ishchi tashriflar, amaliyot o‘tash, o'quv, uslubiy va ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun rejalar tuzib olindi.
Institutdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.