NamDPIda Magistrantlar Ishtirokida "O‘z Kelajaging Sari Qadam Bos" Nomli Ma'naviy-Ma'rifiy Tadbir O‘tkazildi
21.10.2024 09:38:10 4
Namangan davlat pedagogika institutida Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari D.Oribboyeva, M.Vaxobova hamda pedagogika nazariyasi va tarixi 1-bosqich magistrantlari tomonidan ,,O'z kelajaging sari qadam bos" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda birinchi kurs pedagogika, maxsus pedagogika, psixologiya
ta'lim yo'nalishi talabalari ham ishtirok etishdi.
Magistrantlar tomonidan nomdor stependiyantlikka erishish uchun qanday ilmiy izlanishlar olib borish lozimligi hamda pedagoglik maqomi, uning jamiyatda tutgan o'rni bu yo'lda bosib o'tilishi kerak bo'lgan qadamlar haqida fikrlar video va sahna ko'rinishi orqali ochib berildi.
Institut rektori Bahodir Xusanov, Pedagogika fakulteti dekani Zafarjon Abdullayevlarning pedagog shaxsi haqidagi qiziqarli va foydali fikrlari barcha uchun birdek manfaatli bo'ldi.
Bu tadbir yosh avlodni yanada yuqori marralarni zabt etishlariga va yangi bilimlarni o'zlashtirishlariga turtki bo'ldi.