NamDPIda Xotin-qizlar kengashi faoliyati tahlil qilindi
03.11.2024 11:01:56 3
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 405-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik ishchi guruhi a’zolari Zumratxon Qosimova, Tanzilaxon Majidovalar tomonidan Namangan davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi faoliyati o'rganildi.
Oʻrganish jarayonida talaba-qizlar odob-axloqi bilan shug'ulanish, ulardagi muammolarni hal qilishda oliygoh xotin-qizlar kengashi faoliyati tizimli yo'lga qo'yilgani hamda talabalar turar joylarida yashayotgan talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, to'garaklar faoliyati, kutubxona va darsxonalardagi qulayliklar bilan tanishildi.
Faoliyat yakunida Xotin-qizlar kengashi faoliyati a'lo baholanib, 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan tizimli reja loyihasi o'rganuvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu tizimli loyihani Respublikadagi barcha OTM larda ommalashtirish tavsiya etildi.