NamDPIdan maktab kutubxonasiga kitoblar hadya qilindi
08.11.2024 09:44:31 2
Namangan davlat pedagogika instituti ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i N.Suyarov hamda Axborot-resurs markazi direktori O.Nasirdinov Chortoq tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boʻlib, institut ma’muriyati nomidan 40 (qirq) nomdagi badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar hadya qilindi.
Shu bilan birgalikda, bugungi kunda institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim sifati, yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchi va oʻquvchilarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, maktab bitiruvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etish borasida kelishib olindi.