Ota-onalar uchrashuvi o'tkazildi
26.10.2024 13:45:04 7
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ushbu uchrashuvda Yoshlar masalalari ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Isoqboyev, fakultet dekani S.Mutalov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva, institut profilaktika inspektori G. Rahmatullayeva, shuningdek, kafedra mudirlari hamda guruh tyutori S.Qodirova ishtirok etdi.
Ochiq muloqot va tanqidiy ruhda o'tgan uchrashuvda ota-onalarga farzandlarining o'quv, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy jarayonlardagi ko'rsatkichlari, dars jarayonlaridagi ishtiroki to'g'risida ma'lumot berildi.
Shuningdek, prorektor va dekan tomonidan talabalarning "Institut odob-axloq kodeksi"ga rioya qilinishi, talabalarning yot g'oyalarga tushib qolmaslik, fanlarni o'zlashtirishni nazorat qilish borasida ota-onalarni hamkorlikka chaqirdi.
Ota-onalarning kayfiyatini ko’tarish maqsadida iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo’shiqlar yangradi.
Uchrashuv so'nggida fakultet rahbariyati tomonidan oʻzining bilimi, odobi, namunaviy xulqi bilan tengdoshlariga har jihatdan oʻrnak boʻlib kelayotgan talabalarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.