O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayeva tomonidan "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti bilan shartnoma tuzildi
06.11.2024 10:58:36 6
Namangan davlat pedagogika instituti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi hamda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti Ingliz tili kafedrasi oʻrtasida 2024- 2025 yillarga mo'ljallangan o'quv, o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid hamkorlik shartnomasi imzolandi.
O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayeva tomonidan "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti bilan shartnoma tuzish bilan birga, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishildi.
Hamkorlik doirasida ikki oliygoh ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, dunyoning ilg‘or ta’lim amaliyotlari uchun ma’rifiy makonni yaratish, sifatli ta’lim tizimi uchun hamkorlikda harakat qilishdan iborat.
Shuningdek, birgalikda o‘quv va ilmiy anjuman, ilmiy seminar va davra suhbatlari tashkil etishga kelishib olindi.
Tashrif so'nggida kelgusida ikki oliy ta'lim muassasasi tomonidan qilinajak ishlar haqida kelishib olindi.