Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 32-sonli bayonida keltirilgan topshiriqlarda belgilangan vazifalar ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot loyihalari tanlovi
23.09.2024 08:24:28 26
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 32-sonli bayonida keltirilgan topshiriqlarda belgilangan vazifalar ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot loyihalari tanlovini eʼlon qilinmoqda.

Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlaridagi mavzular boʻyicha eʼlon qilinadi:
- “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha
1.1. “Oʻzbek amaliy sanʼat maktablarining shakllanishi va badiiy xususiyatlari” — Oʻzbekiston xonliklar davri amaliy sanʼatining tadqiqi asosida.
2. “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
2.1. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi navlarini CRISPR Cas texnologiyasidan foydalangan holda abiotik stresslarga chidamligini oshirish.
3. “Tarix va arxeologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
3.1. Oʻzbekiston landshaft arxeologiyasi, tabiiy resurslardan foydalanish tarixi, urbanizatsiya va ijtimoiy tengsizlik muammolarini tadqiq etish.
4. “Biologiya va biotexnologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
4.1. Biofarmatsevtik preparatlarni ishlab chiqarish uchun achitqi va bakterial ekspressiya tizimlarining samaradorligini tadqiq qilish.
4.2. Oʻzbekistonning transchegaraviy hududlari bio-xilmaxillik markazlari va ularning zamonaviy holati.
5. “Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
5.1. Polimer chiqindilarni ekologik tamoyillar asosida kompleks qayta ishlashning ilmiy va amaliy asoslari;
5.2. Yangi adsorbsion xususiyatga ega metalorganik karkaslar sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari asoslarini oʻrganish.
5.3. Mxene asosida yangi ikki oʻlchamli materiallar xususiyatlari va turgʻunligini taʼminlashda strukturaviy vakansiyalar taʼsiri mexanizmlarni oʻrganish.
5.4. Tuproqlarni shoʻrlanish faktorlarini kimyoviy klassifikatsiyalash va skrining usullari.
6. “Texnika yoʻnalishi” yoʻnalishi boʻyicha
6.1. Suvni tuzsizlantirish jarayonlarini takomillashtirish uchun nanozarrachalar bilan modifikatsiyalagan teskari osmos membranalari sirt qatlamining fizik-kimyoviy xususiyatlarini oʻrganish.
7. “Matematika, fizika va mexanika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
7.1. Yadro astrofizikasi va termoyadro reaksiyalari muammolari uchun nuklonlar yoki klasterlar uzatilish yadro reaksiyalarini tadqiq qilish.
7.2. Organik quyosh elementlarida yorugʻlik yutilishi, zaryadlar tashilishi va degradatsiya jarayonlari.
8. “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha
8.1. Yangi aqlli materiallarni yaratishda sunʼiy intellekt, BigData va jarayonlarni modellashtirishning tadqiq etish.
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (www.loyiha.ilmiy.uz) orqali 2024-yilning 5-oktabrga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.