O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlarda belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi
23.09.2024 08:25:15 22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlarda belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilinmoqda.

Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Filologiya va ijtimoiy fanlar
- Iqtisodiyot fanlari
- Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiya fanlari
- O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari
- Pedagogika va psixologiya fanlari
- Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
- Texnika yo‘nalishi
- Tibbiyot fanlari
- Veterinariya va chorvachilik fanlari
- Yer to‘g‘risidagi fanlar
- Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari
- Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
- Tarix va arxeologiya fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.