O'zbekiston-umumiy uyimiz
15.11.2024 12:17:12 4
Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, do'stlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
16-noyabr "Xalqaro bag'rikenglik kuni" munosabati bilan "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutorlari hamda faol talabalar "Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi" ga tashrif buyurdilar.
"O'zbekiston-umumiy uyimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiq, she'rlar ijro etilib keksa otaxon va onaxonlarga hush kayfiyat ulashildi.