English English English

QABUL TUGASHIGA 8 KUN QOLDI

  22.10.2024 11:24:24    4


2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilikka hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllari tayanch doktorantura, doktoranturaga Yagona elektron tizim (http://daraja.ilmiy.uz/) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.


QABUL TUGASHIGA 8 KUN QOLDI


Stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki online ma’lumot (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar (mavjud bo’lsa).
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki online ma’lumot (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yohud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil, 29-mayda ro’yxatdan o’tgan, 3515-sonli qo’shma qarorining 2-bobida belgilangan oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro’yxatida keltirilgan sertifikatlar talab etiladi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati va ularning darajalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrugʻiga asosan ixtisosliklar uchun belgilangan darajadagi sertifikatlar qabul qilinadi.

Namangan davlat pedagogika instituti 2025-yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari bilan tanishish; (https://t.me/Namdpi_Ilmiy/342)

 Talabgorlar tegishli tarzda xorijiy tillar bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishlari lozim. (https://t.me/Namdpi_Ilmiy/299)

 Sertifikatlar roʻyhati (https://t.me/Namdpi_Ilmiy/299) va qaror (https://t.me/Namdpi_Ilmiy/300) bilan tanishish

Hujjatlar joriy yilning 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.