Qirgʻizistondan gapiramiz!
13.11.2024 09:48:31 2
Namangan davlat pedagogika instituti vakillari tomonidan "Qirgʻiz-Turk Manas" universitetida Turkiyaning birinchi Prezidenti Otaturk(Mustafo Kamol)ga bagʻishlangan ilmiy konferensiyada o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, turkiy xalqlar tarixi, til taraqqiyot bosqichlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Kunning so'nggida taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Ata-beyit" ziyoratgohiga universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan tashrif buyurib, yozuvchining hayot yo'li haqida fikrlar bildirildi. Institut vakillari, jumladan R.Tillayeva tomonidan ikki oliygohning hamkorlik aloqalari hamda Chingiz Aytmatovning ijodini o'rganishda bir necha asarlari ilmiy tadqiqot sifatida o'rganilayotgani to‘g‘risida "Qirg‘iziston TV" ga intervyu berildi