“Sening tashabbusing – sening kelajaging” shiori ostida “Qizlar forumi” tashkil etildi.
09.10.2024 15:31:59 2
Namangan davlat pedagogika institutida 11-oktabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan “Qizlar forumi” o‘tkazildi.
Forumda qizlar o‘rtasida: Kitobxonlik
Karving san'ati
Salat tayyorlash
Rasmlar tanlovi
Shaxmat-shashka musobaqalari o‘tkazildi.
Forumda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov, institut rektori Bahodir Xusanov hamda M-faktor loyihasi asoschisi Xasan Mamasaidovlar mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Tashrif buyurgan mehmonlarga talabalar tomonidan savollar va takliflar bildirildi. Samimiy suhbat ruhida davom etgan uchrashuvda “Qizlar forumi” ishtirokchilari o‘z badiiy chiqishlari bilan qatnashdilar. Institutning iqtidorli yigitlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Shundan so‘ng, forum doirasida o‘tkazilgan tadbir va loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.