"Sharafimsan, ona tilim" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.
22.10.2024 08:29:27 6
Namangan davlat pedagogika institutida 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Sharafimsan, ona tilim" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.
Bayram tadbirini institut rektori Bahodir Xusanov ochib berib, ona tilimizning hayotimizdagi o'rni va ahmiyati, uning sofligini ta'minlash har birimiz uchun eng oliy burch ekanligi ta'kidladi.
Tadbir davomida institut talablari tomonidan o'zbek tilining tarixi, tilimizda ijod qilgan buyuk ajdodlarimiz me'rosi haqida ma'lumotlar, badiiy chiqishlar, iqitodorli talabalar tomonidan kuy-qo'shiq va raqslar ijro etildi.