Tabiiy fanlar fakulteti - NamDPI Talabalar akademiyasi jamoasining navbatdagi manzili.
19.10.2024 09:38:34 5
CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar akademiyasi lideri Hasanboy Ne'matov NamDPI Talabalar akademiyasi jamoasini fakultetda tashkil etilgan ochiq osmon ostidagi geografik maydon, talabalar uchun yaratilgan o'quv laboratoriyalari va jihozlari, issiqxona hamda "Qatag'on qurbonlari" muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
NamDPI Akademiya a'zolari Biologiya kafedrasi mudiri, professor V.B.Fayziyevning dars mashg'ulotlarida bevosita ishtirok etdi.
Mehmonlar jamoasining keyingi manzili - Gumanitar fanlar fakulteti!