"Talaba-yoshlar shaxmat klubi" tashkil etildi.
01.11.2024 10:03:30 4
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlashlarini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatlarini rivojlantirish maqsadida "Talaba-yoshlar shaxmat klubi" tashkil etildi.
Klub ochilishida, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Nabijonov, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i R.Tursunov, fakultet dekani o'rinbosari B.Kenjayev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida har haftaning payshanba kunlari doimiy tarzda shaxmat mashg'ulotlari tashkil etilib borilishi belgilandi va dastlabki mashg'ulotlar o'tkazildi.