Talabalar o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi
22.10.2024 10:50:18 7
Namangan davlat pedagogika institutida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
![Talabalar o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi](/uploads/de51ddced82398f11b91b88bc8091eae.jpg)
Unda institut profilaktika inspektori, masʼul o‘qituvchilar hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi. Suhbatda doirasida talabalar ortasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, norasmiy va taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik, institutda belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.