Talabalar turar joyida “Biz O’zbekistonning baxtli yoshlarimiz" nomli tadbir o'tkazildi.
01.11.2024 10:17:57 10
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Talabalar turar joyida “Biz O’zbekistonning baxtli yoshlarimiz" nomli tadbir o'tkazildi.
Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi G.Tojibayeva ochib berdi va o’z so’zida shunday ozod va obod vatanda shukr qilib yashash kerakligi aytildi.
Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan turli raqslar, kuy-qo'shiqlar, sahna ko’rinishlari, she'rlar ijro etilib, yig'ilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir so’nggida Ijtimoiy fanlar fakultetining talabalar turar joyidagi eng faol talabalari institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlar talabalar o'rtasida shukronalik, do'stlik, hamjihatlik, Vatanga muhabbat tuyg'ularini rivojlantirishga xizmat qiladi.