Talabalar turar joyida dekan bilan tushlik
19.09.2024 15:39:09 5
Bugun Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Z.Abdullayev va dekan o'rinbosari S.Dadaboyevlar talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida dastlab, fakultetga biriktirilgan 2-binoga joylashgan talabalar soni, xonalar sig'imi va mavjud bo'sh xonalar oʻrganildi.
Shundan so'ng uzoq viloyatlardan kelib tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari bilan bir dasturxon atrofida tushlik qilishib, ular bilan yaqindan tanishishdi. Fakultet dekani va dekan o'rinbosarlari tomonidan talabalar bilan bu kabi samimiy uchrashuv tez-tez o'tkazilishi ularda katta taasurot qoldirdi.