Talabalar turar joyida "Raqslar guldastasi"
27.10.2024 13:11:49 11
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Talabalar turar joyida "Raqslar guldastasi" nomli ko'ngilochar tadbir o'tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Z.Abdullayev ochib berib, Talabalik — oltin davr ekanligi va uning har bir daqiqasidan unumli foydalanish kerakligi haqida fikrlar bildirdi.
Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan turli millat raqslari, kuy-qo'shiqlar, she'rlar ijro etilib yig'ilganlarga hush kayfiyat ulashdi.
Bunday tadbirlar talabalar o'rtasida shukronalik, do'stlik, hamjihatlik, Vatanga muhabbat tuyg'ularini rivojlantirishga xizmat qiladi.