Talabalar turar joyiga tashrif
24.10.2024 10:05:51 4
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani To'lqin Abdullayev talabalarni yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida talabalar turar joyida boʻldi.
Shuningdek, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Botir Mallabayev, institut profilaktika inspektori Gulnoza Rahmatullayeva hamda tyutorlar bilan birgalikda fakultet talabalari holidan xabar oldi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi. Tashrif davomida tashkiliy masalalar ham ko'rilib, sinov muddati bilan faoliyat olib borayotgan Talabalar kengashi raisi va qavat sardorlari talabalar tomonidan bir ovozdan saylandi.
Uchrashuv so'nggida fakultet dekani Talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlardan qay darajada unumli foydalanayotgani, bo'sh vaqtida nimalar bilan shug'ullanayotgani bilan yaqindan tanishdi.