"Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari oʻrtasida profilaktik suhbat o'tkazildi.
31.10.2024 08:51:43 3
Namangan davlat pedagogika institutida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari oʻrtasida profilaktik suhbat o'tkazildi.
Profilaktik suhbatda institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova hamda tutuyorlar ishtirok etishdi.
Suhbatda doirasida talabalar ortasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, norasmiy va taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik, institutda belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, institutda har payshanba "Talabalar xavfsizligi kuni" ekanligi talabalarga yana bir bor eslatib oʻtildi.