English English English

TEXNIKUMGA TASHRIF

  13.11.2024 10:28:09    5


Bugun NamDPI rektori B.Xusanov boshchiligida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i D.Boydadayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika institutiga biriktirilgan Kosonsoy pedagogika texnikumiga tashrif buyurdi.


TEXNIKUMGA TASHRIF


Tashrif davomida texnikumning moddiy texnik bazasi, o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv-metodikasi hamda pedagogik ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Rektor B.Xusanov tomonidan texnikumda tahsil olayotgan institutning sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Mahorat darsi” mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shu bilan birga, institut va texnikum bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.


TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF TEXNIKUMGA TASHRIF