"Til bayrami — el bayrami, ijodi bayrami! mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
22.10.2024 08:13:22 4
Namangan shahrida joylashgan "Adiblar xiyoboni"da O'zbek tilining 35 yilligi munosabati bilan "Til bayrami — el bayrami, ijodi bayrami! mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tilshunos olimlar, shoir-yozuvchilar, oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari hamda talabalari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Bayram tadbirida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Minhojiddin Hojimatov, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, isteʼdodli shoir, publitsist, adib va tarjimon Muhammad Ali Ahmedov, viloyat hokimining oʻrinbosari Jamshed Xatamov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansurovlar soʻzga chiqib, davlat tilini yangi pogʻonaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlarni taʼkidlab oʻtishdi.
Shundan so'ng, xiyobon markazidagi Boborahim Mashrab haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Ushbu tantanali tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishdi.