“Turkiston boshqaruv tizimi tarixiga nazar” nomli monografiya
08.11.2024 09:37:52 5
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Abdullayev Zafarbek G'aybullayevichning “Turkiston boshqaruv tizimi tarixiga nazar” nomli monografiyasi taqdimoti o'tkazildi.
Taqdimotda o'quv ishlari boʻyicha prorektor A.Abdunazarov boshchiligida fakultet kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar magistrlar ishtirok etib, monografiya haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Taqdimot doirasida muallif tomonidan monografiyasida keltirilgan Turkiston boshqaruv tizimining mazmun va mohiyati hamda o‘lka boshqaruv tizimida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning nomutanosibligi haqida dalillar yordamida batafsil ma'lumot berildi.