Usmon Nosir muzeyi asoschisi, jurnalist Rahimjon Irisov bilan uchrashuv tashkil qilindi.
15.11.2024 10:19:21 3
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova tashabbusi bilan Usmon Nosir tavalludining 112 yilligi doirasida Usmon Nosir muzeyi asoschisi, jurnalist Rahimjon Irisov bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida Rahimjon Irisov tomonidan U.Nosir hayoti va ijodiga doir koʻplab topilmalar, qiziqarli maʼlumotlar keltirib oʻtildi.
Uchrashuv soʻnggida talabalar tomonidan shoir ijodiga bagʻishlangan she’riyat davrasi tashkil etilib, U.Nosir ijod namunalaridan keltirib oʻtildi.
Shuningdek, talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.