"World dishes" mavzusida ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi.
06.11.2024 10:57:05 4
"Talabalar akademiyasi oyligi" doirasida o'qituvchi X.Nishonova tomonidan "World dishes" mavzusida ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi.
Ochiq darsda, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i R.Tursunov, fakultet professor-o'qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Dars davomida talabalar tomonidan 10 ga yaqin xorijiy davlatlarning urf-odatlari va qadriyatlarini gavdalantiruvchi milliy libos hamda taomlari haqida ma'lumotlar berilib, mevali salatlar tayyorlash bellashuvi, sahna ko'rinishlari hamda qiziqarli viktorinalar tashkil etildi.