“Yangi O’zbekiston kelajagini birga quramiz!”shiori ostida debat tashkil etildi.
02.11.2024 10:22:56 4
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti va institut boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan,yoshlarda kelajakka bo’lgan daxldorlik hissini rivojlantirish maqsadida “Yangi O’zbekiston kelajagini birga quramiz!”shiori ostida debat tashkil etildi.
Debatni institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i R.Tursunov, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M. Nabijonov ochib berdi.
Debat davomida yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi va qizg‘in bahslarga va mazmunli fikrlarga boy o‘tdi.