“Yangi O'zbekiston yoshlari — ilm, fan, san'at va madaniyat taraqqiyoti uchun!” festivali doirasida talabalar turar joyida konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
04.11.2024 11:20:21 4
Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani oʻrinbosari B.Mallabayev, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan ajoyib chiqishlar, kuy-qoʻshiqlar barchada iliq taassurot qoldirdi.
Shuningdek, dastur davomida talabalar oʻrtasida "Osh chempionati" tashkil etildi.
Bugungi Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan festival va uning doirasidagi tadbirlar barchaga koʻtarinkilik baxsh etdi. Bunday yuqori saviyadagi ma'rifiy-madaniy tadbirlar har yili oʻtkazilishi haqida kelishib olindi.