“Yangi O'zbekiston yoshlari - ilm, fan, san'at va madaniyat taraqqiyoti uchun!” nomli festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
04.11.2024 11:15:10 3
Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O'zbekiston yoshlari - ilm, fan, san'at va madaniyat taraqqiyoti uchun!” nomli festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
“Yangi O'zbekiston yoshlari — ilm, fan, san'at va madaniyat taraqqiyoti uchun!” festivali doirasida yurtimizning turli viloyatlarining urf-odati, milliy qadriyatlari, sanat va madniyatini targʻib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar” sayli oʻtkazildi.
Unda talabalar tomonidan festivalga tashrif buyurgan mehmonlarga har bir viloyatning oʻziga xos milliy urf-odatlari, taomlari, san'at va madaniyatini turli sahnaviy chiqish hamda kuy-qo'shiqlari orqali namoyish etildi.
Maʼlumot uchun: har bir viloyat vakillari oʻzining milliy liboslari, oʻziga xos milliy taomlari hamda urf-odat, kuy qoʻshiqlar, sahnaviy chiqishlari boʻyicha ekspert guruhi tomonidan baholandi.
Marosimda institut rektori B.Xusanov boshchiligida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi B.Umarov, Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi masʼul xodimi, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, dekanlar, kafedra mudirlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Festivalni dastlab Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov ochib, talaba-yoshlarni katta festival bayrami bilan samimiy tabrikladi. Rektor tabrik soʻzida talabalarning oʻz iqtidori va bilimini toʻliq namoyish etishida bunday ilmiy-ma'rifiy festivallarning ahamiyati muhim ekanligini taʼkidladi.
Festival doirasida institut professor-oʻqituvchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.