"Yashil makon" loyihasi doirasida institut prorektorlari, professor-oʻqituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
09.11.2024 09:06:37 3
Yurtimizda 9-noyabrdan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga start berildi. Ushbu marafon 20-noyabrga qadar davom etib, mazkur o'nkunlikda 20 milliondan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar ekish maqsad qilingan.
Namangan davlat pedagogika institutida ham "Yashil makon" loyihasi doirasida institut prorektorlari, professor-oʻqituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etish bugungi kunda har birimizning hayotiy burchimizdir. Ota-bobolarimiz "bir daraxt kessang, o‘nni ek" deb bekorga aytmagan. Yildan-yilga ekologik vaziyat taranglashib borayotgan, cho‘llanish va qurg‘oqchilik tobora avj olayotgan bir paytda har bir qarich yerga nihol ekish, ekohalokotning oldini olishda xizmat qiladi.
Hurmatli institut jamoasi, tabiatni asrashda, ekologik barqaror vaziyatni oldini olishda, yurtimiz goʻzalligini saqlab qolishda biz ham faol ishtirok etaylik.